
"Barselona" sobiq futbolchisi: "Dembele "Oltin to‘p" uchun favorit"
"Barselona" sobiq hujumchisi Xristo Stoichkov Kataloniya klubi yulduzi Lamin Yamalni "Oltin to‘p" yutish imkoniyatlarini baholadi.
"Menimcha, bu yil PSJ o‘tgan mavsumda qilgan natijasini qaytara olmaydi. Yamal kuchli uchlikda bo‘lishi aniq. Bu siz kabi ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan odamlarga bog‘liq. Nasib qilsa, "Oltin to‘p"ni topshirish uchun shohsupaga ko‘tarilaman. Ko‘ramiz, nima bo‘larkin.
Bu yil PSJ barcha chempionliklarni qo‘lga kiritdi, faqat Nyu-Yorkda "Chelsi"ga yutqazdi. Dembele - sovrin uchun favorit, lekin umid qilamanki, Yamal uni yutadi, chunki u bizniki va yana bir o‘yinchi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi har doim yoqimli.
U g‘alaba qozonadi. Qachon va qanday bo‘lishi o‘ziga bog‘liq. Uning o‘z yo‘li bo‘lishi kerak. U o‘zini hech kim bilan taqqoslamasligi kerak. Men taqqoslashni yoqtirmayman va kimdir o‘zini men bilan solishtirishini yoqtirmayman. Davom etishning eng oson yo‘li - o‘z yo‘lingizdan borish. Har kuni mashq qiling, kurashing, mehnat qiling, o‘yinlarda g‘alaba qozonish va jamoaga foyda keltirish uchun maydonga tushing", - dedi "Barselona"ning sobiq futbolchisi.
Fikrlar