
"Barselona" Semeduning narxini e’lon qildi
Bundan avvalroq “Barselona” klubi himoyachisi Nelson Semedu mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
El Chiringuito TV nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar 25 yoshli portugaliyalik futbolchini o‘zida olib qolish tarafdori, ammo uning o‘zi ketishni xohlasa “ko‘k-anor ranglilar” bunga qarshilik qila olishmaydi. Biroq, “Barsa” rahbariyati uni 50 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, Semeduga Madridning “Atletiko” klubi jiddiy xaridor bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, Semedu o‘tgan mavsum “Barselona” safida jami 46ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “ko‘k-anor ranglilar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan. Unga ko‘ra futbolchining tovon puli 100 mln evro etib belgilangan.
Fikrlar