"Barselona" sardori Turkiya klubiga o‘tish arafasida

  • 15 iyun, 15:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Turkiyaning "Galatasaroy" klubiga o‘tishga yaqin. Bu haqda Fanatik nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "Galatasaroy" 33 yoshli germaniyalik posbon bilan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan. Endi klubni "Barselona" bilan muzokaralar kutmoqda. Agar "ko‘k-anorranglilar" futbolchi uchun yuqori narx talab qilmasa, transfer yakunlanishi mumkinligi aytilmoqda.

Ter Shtegen 2014 yildan beri "Barselona" safida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol o‘tkazib yubordi va atigi bir marta darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Transfermarkt mutaxassislari darvozabonning narxini 12 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!