"Barselona" safida kambekka ishonadigan futbolchilar yo‘q!"

  • 18 fevral, 2021, 18:55
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" sobiq futbolchisi Rivaldo EChL 1/8 finalidan o‘rin olgan PSJga qarshi uchrashuvdan keyin "ko‘k-anorranglilar" yulduzi Lionel Messining kelajagi haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Barselona" safida kambekka ishonadigan futbolchilar yo‘q. Mavjud kuch balansini esa o‘zgartirish mumkin emas. Ushbu bahs Messining "Barselona" libosida EChLda o‘tkazgan "Kamp Nou"dagi so‘nggi uchrashuvi bo‘lishi mumkin.

Klub unga sovrin uchun kurashishda umid bog‘lay olmaydi. Messining kelajagi PSJda. Ayniqsa, ularning "Kamp Nou"dagi so‘nggi o‘yinidan keyin. Parijliklar unga Evropa taxtiga chiqish imkoniyatini berishi mumkin",-dedi braziliyalik sobiq futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!