
“Barselona”: Messi masalasida to‘g‘ri qaror qabul qildik
“Barselona” prezidenti Joan Laporta jamoa etakchisi hisoblangan Lionel Messini klubda olib qolishni uddalash olmadi. Ayni paytda kataloniyalik muxlislar klub xo‘jayinini keskin tanqid qilmoqda.
Biroq, Joan Laporta Messi masalasida eng to‘g‘ri qarorga kelganini ta’kidlayapti.
- Lionel Messi dunyoning eng zo‘r futbolchisi va uning o‘z maqsadlari, intilishlari bor. Leoda katta pullar tikilgan boshqa klublarning takliflari etarlicha edi. Biz u bilan muzokara qildik. Biz bu muzokaralar samara berishiga umid qilgandik. Lekin amalda bunday bo‘lmadi. Biz hamon Messini hurmat qilamiz, lekin uning tarixi tugadi. Messi masalasida to‘g‘ri qaror qabul qildik, - dedi Joan Laporta.
“Barselona” tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida tarixga nomini muhrlagan Lionel Messi 10 avgust kuni PSJ bilan shartnoma imzoladi.
Fikrlar