"Barselona" Messi bilan qilingan xatoni Yamal bilan takrorlamoqchi emas

  • 17 yanvar, 20:52
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubida Lamin Yamalning kelajagi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Klub futbolchiga yangi shartnoma taklif qilish ustida ishlamoqda.

Tecno

"Diario AS"ning xabar berishicha, kataloniyaliklar rahbariyati 17 yoshli futbolchiga progressiv shartnoma taklif qiladi, unga ko‘ra maosh bosqichma-bosqich oshiriladi. Bu "Barselona" Lionel Messi bilan sodir bo‘lgan holatni takrorlamasligi uchun amalga oshiriladi. Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda "Barselona" moliyaviy muammolar sababli argentinalik futbolchining yangi shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkaza olmagan edi.

Qayd etish joizki, klub Lionel Messi bilan shartnomani sakkiz marta uzaytirgan va har gal uning maoshini oshirgan.

Yamalning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bahosi 180 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!