
“Barselona” kelasi mavsumni “Kamp Nou”da o‘tkazmaydi
"Barselona" Ispaniya futbol federatsiyasini kelasi mavsumda "Kamp Nou" stadionida o‘yin o‘tkazmasligi haqida rasman xabardor qildi. Kataloniya klubi arenani rekonstruktsiya qilishni boshlamoqda va shu sababli 2023/24 mavsumi “Montjuik” stadionida o‘tkazadi.
Ma’lum qilinishicha, “Kamp Nou” va unga tutash sport inshootlarini rekonstruktsiya qilish uchun 1,5 milliard evro kerak bo‘ladi. Hozir klub qurilishga homiylik qiladigan bir qator tashkilotlar bilan muzokaralarning yakuniy bosqichida.
"Barsa" 2024 yilning noyabrigacha "Kamp Nou"ga qayta olmaydi. “Montjuik” stadioni 1927 yilda qurilgan bo‘lib, 55 926 tomoshabinni qabul qilishga qodir. 1997 yildan 2009 yilgacha "Espanol" o‘z uy uchrashuvlarini shu arenada o‘tkazgan.
Fikrlar