"Barselona" Joauni olib qola olmaydi

  • 16 iyun, 2024, 19:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"The Sun" nashrining xabar berishicha, Kataloniya klubining chap qanot ximoyachisi Joau Kanselu yozda Angliyaga qaytishi mumkin. 

Tecno

"Barselona"ning "Manchester Siti"ga 29 million evro to‘lashga qurbi etmaydi. Ingliz klubi esa o‘tgan mavsum "blaugrana"da ijara asosida o‘ynagan himoyachini qaytarmoqchi.

Manba’ning xabariga ko‘ra, klublar ayni damda futbolchining ijara muddatini uzaytirish yoki uni to‘liq sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda portugaliyalik futbolchi barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda ishtirok etib, to‘rtta gol va beshta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. "Transfermarkt" portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, fulbekning qiymati 25 million evroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!