"Barselona" iqtidorli himoyachini olib qola olmaydigan ko‘rinadi

  • 25 iyul, 2024, 19:04
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning Joau Kanselu bo‘yicha taklifi "Manchester Siti"ga yoqmadi.

Tecno

Klublar o‘tgan mavsumda kataloniyaliklar safida ijara asosida o‘ynagan himoyachining kelajagi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

"Barselona" Manchesterga qaytishni istamagan, ammo talab qilingan 30 million evroni to‘lay olmayotgan futbolchini o‘zida saqlab qolmoqchi. Muammo, shuningdek, portugaliyalikning yuqori maoshi, hozirgi iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, "Barsa" uchun noqulay.

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni klublari vaziyatni anchadan beri kuzatib borishmoqda. Biroq, Kanselu muqobil variant sifatida Italiyaga borishni afzal ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!