
"Barselona" hujumchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Ferran Torres Ispaniyani tark etib, Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda "Birmingham Mail" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchiga Birmingemning "Aston Villa" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Angliya klubi yozgi transfer oynasida Torresni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.
"Barselona" rahbariyati futbolchini sotishga tayyor, ammo uni qo‘yib yuborish uchun 50 million evro so‘ralmoqda. Torresning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
2024/2025 yilgi mavsumda ispaniyalik hujumchi 45 o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar