
"Barselona" himoyachisi "Milan"ga o‘tishni xohlamadi
"Barselona" klubi himoyachisi Jan-Kler Todibo "Milan"ga o‘tishni xohlamadi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra "rossonerilar" 19 yoshli frantsuzni ijaraga olishmoqchi bo‘lishgan, biroq, futbolchi bunga rozi bo‘lmagan.
Aytish kerakki, Todiboga shuningdek "Manchester Yunayted" va "Monako" klublari ham jiddiy qiziqmoqda.
Ma’lumot uchun, Todibo joriy mavsum “Barselona” safida 3 ta o‘yinda ishtirok etdi va umumiy hisobda 129 daqiqa maydonda harakat qildi.
Fikrlar