
“Barselona” futbolchisi hibsga olindi
“Barselona” futbolchilaridan biri Ibitsada dam olayotgan vaqti ko‘p miqdorda spirtli ichimliklar iste’mol qilgani uchun hibsga olindi, deb xabar bermoqda Ispaniyaning “Marca” nashri.
Hali futbolchining ismi oshkor qilinmagan. Biroq, manbada ko‘rsatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu o‘tgan mavsumda klub safiga kelib qo‘shilgan hujumchi hisoblanadi.
Futbolchining hibsga olinishi 25 iyun kuni kontsertlarning birida sodir bo‘lgan. U katta jarimaga tortilishi mumkin. Boisi, spirtli ichimliklar ichib, tartibni buzgan shaxs belgilangan jarimani to‘lashi shart. Bu mamlakat qonuni hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida, qishda “Barselona” safiga gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyang va ispaniyalik futbolchi Ferran Torres kelib qo‘shilgan.
Fikrlar