
"Barselona" chuchvarani hom sanabdi
"Tottenxem" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Tangi Ndombeleni joriy yozgi transferlar davrida qo‘yib yubormoqchi emas.
BBC Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "Barselona"ning qiziqishlariga sabab bo‘layotgan 23 yoshli frantsiyalik futbolchiga “shporlar” safida o‘zini ko‘rsatishi uchun yana bir imkon beriladi.
“Tottenxem” Ndombeleni bundan bir yil muqaddam 60 mln evro evaziga “Lion”dan sotib olgan va 2025 yilgacha shartnoma imzolagan edi.
Ndombele joriy mavsum 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar