"Barselona" Busketsga ultimatum qo‘ydi

  • 6 mart, 2023, 20:19
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Serxio Buskets "Barselona" bilan yozda yakunlanadigan shartnomasini uzaytirish haqida o‘ylamoqda.

"Relevo" nashri xabariga ko‘ra, agar yarim himoyachi shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lsa, hozirgidan uch baravar kam maosh olishiga to‘g‘ri keladi. Buskets ayni damda bir mavsumda 30 million evrodan ortiq maosh oladi va klub maoshi bo‘yicha Frenki de Yongdan keyin ikkinchi o‘rinda. 34 yoshli futbolchida MLS va Saudiya Arabistoni chempionatidan takliflar bor. 

Eslatib o‘tamiz, "ko‘k-anorranglilar" sardori joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 20 bahsda ishtirok etib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!