"Barselona" 4 nafar etakchi futbolchisi bilan maosh masalasini muhokama qilmoqda

  • 17 iyul, 2021, 17:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi rahbariyati jamoaning 4 nafar futbolchisi bilan maoshni kamaytirish masalasida muzokaralar olib bormoqda.

Tecno

Sport.es tarqatgan xabarga qaraganda, gap Jerar Pike, Serxio Buskets, Jordi Alba va Serxi Roberto haqida ketmoqda.

Ronald Kuman boshqaruvidagi “Barselona” o‘tgan mavsum Ispaniya kubogida zafar quchgan, La Ligada esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

“Ko‘k-anor ranglilar” ayni damda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan. Ular bu yoz Memfis Depay va Serxio Aguero kabi futbolchilarni erkin agent sifatida tekinga o‘z safiga qo‘shib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!