
"Barselona", "Real" va "Bavariya" og‘zini ochib qoldi
Ispaniyalik hujumkor yarim himoyachi Dani Olmo "RB Leyptsig" bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, nemis grandi 25 yoshli futbolchi bilan amaldagi kelishuvni 2027 yilning yoziga qadar uzaytirdi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi 2020 yildan beri “RB Leyptsig” safida to‘p surib keladi. U o‘tgan davr mobaynida ushbu jamoa tarkibida jami 122 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urgan va 29 ta golga assistentlik qilgan.
Bundan avvalroq Olmoga "Barselona", "Real" va "Bavariya" kabi grand klublar qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Fikrlar