“Barsa”ning qaysar futbolchisiga xaridor chiqdi

  • 20 avgust, 2021, 20:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” xo‘jayinlari jamoaga foydasi tegmayotgan himoyachi Samyuel Umtitiga o‘ziga yangi ish joyi topish uchun bir hafta muhlat bergan edi.

Tecno

Frantsiyalik futbolchi bir necha yaxshi chorlovlarni ham rad etganidan keyin kataloniyaliklar u bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilishini uqtirgan.

Umtitining omadi kelib, unga “Tottenxem” og‘iz solmoqda. Londonliklar “Vilyarreal” teakchisi Pau Torresni transfer qila olmaganidan  keyin e’tiborini o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan Umtitiga qaratdi.

“Tottenxem” 27 yoshli markaziy himoyachini 10-15 million evroga sotib olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!