
"Barsa"ni yozda 10 dan ziyod futbolchi tark etadi
"Barselona" jamoasi yozgi transferlar oynasida klubni 10 tadan ko‘proq futbolchi tark etishini ma’lum qildi. "Ko‘k-anorranglilar" tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishni istamoqda.
"ESPN" nashriga ko‘ra, bosh murabbiy Xavi rahbariyatga ketadigan 10 futbolchi ro‘yxatini tuzib bergan. Mutaxassis jamoada "qayta qurish" ishlarini olib bormoqchi.
Ma’lum qilinishicha, Rikki Puch, Oskar Mingesa, Martin Breytveyt, Samuel Umtiti, Ferran Yutgla, Kleman Langle, Fransisko Trinkau kabi futbolchilarga "chiqish eshik"lari ko‘rsatilgan. Shuningdek, ijaraga olingan Adama Traore va Lyuk De Yong sotib olinmaydigan bo‘ldi.
Usmon Dembele va Dani Alvesning ketish-ketmasligi hozircha noma’lum. Klub Memfis Depay va Frenki De Yongni kattaroq pul evaziga sotishni reja qilgan.
Fikrlar