“Barsa”ni chempion qilgan Flik katta gapirdi!

  • 16 may, 07:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 36-turida musobaqada peshqadamlik qilayotgan “Barselona” safarda “Espanol” mehmoni bo‘ldi.  Lamin Yamal va Fermin Lopesning gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchgan “Barselona” muddatidan oldin chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Uchrashuvdan keyin “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Biz uchun mavsumning ikkinchi qismi ajoyib o‘tdi. Birorta uchrashuvda mag‘lub bo‘lmadik. Klubni, jamoani va muxlislarni tabriklayman. Biz juda baxtiyormiz.

Har doim ruhan kuchli bo‘lish kerak. Superkubokdagi g‘alaba o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshirdi. Ko‘p o‘yinchilarimiz yuqori sport formasiga chiqdi. Buni ko‘rish yoqimli bo‘ldi.

Futbolda hammasi ishtiyoqqa bog‘liq. “Barselona”da sovrinlarni yutish kerak, uchta sovrin – bu ajoyib natija. Hammamiz mamnun bo‘lsak bo‘laveradi, - dedi Xans-Diter Flik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
16/05/2025 10:13
KeTokни йebcaн