
"Barsa"da yo‘qotishlar ko‘p, "Real"da asosiy figuralar o‘yinga tayyor (Taxminiy tarkiblar)
Bugun Ispaniya kubogi yarim final javob uchrashuvidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real" Madrid bahsi bo‘lib o‘tadi.
"Kamp Nou"da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bahs oldidan Xavi shogirdlari kichik ustunlikka ega. "Ko‘k-anorranglilar" Madridda bo‘lib o‘tgan o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Ushbu to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 00:00'da start oladi. Mazkur juftlik g‘olibi finalda "Osasuna"ga qarshi maydonga chiqadi.
Quyida jamoalarning bugungi o‘yin uchun taxminiy tarkiblari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
"Barselona"ning taxminiy tarkibi:
ter Shtegen, Kunde, Arauxo, Alonso, Balde, Kesse, Buskets, Gavi, Rafinya, Levandovski, Fati.
"Real"ning taxminiy tarkibi:
Kurtua, Vaskes, Militao, Nacho, Alaba, Kroos, Chuameni, Modrich, Valverde, Benzema, Vinisius.
Fikrlar