
“Barsa” yulduz hujumchini ko‘zladi
“Barselona” hujumchisi Serxio Aguero katta ehtimol bilan futbolchilik faoliyatini tugatadi. Yurak xastaligiga chalingan hujumchi shifokorlar taxminiga ko‘ra, endi maydonga qayta olmaydi. Har holda, chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlar shundan dalolat bermoqda.
Kataloniyaliklar esa argentinalik to‘purar o‘rniga boshqa hujumchi qidirishga kirishdi. Ular ayni paytda Timo Vernerni ko‘zlab turibdi. Hozir, klubda katta transferlarni amalga oshirish uchun moliyaviy resurs cheklangan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kataloniyaliklar “Chelsi” hujumchisni ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Germaniyalik hujumchining o‘zi ham Romelu Lukakuga raqobatni boy bermoqda va Angliya futboliga etarlicha moslasha olmayapti. Timo Vernerning o‘zi ham “aristokratlar” safini tark etib, boshqa jamoada o‘yinini tiklab olmoqchi.
Fikrlar