
“Barsa” yana bir yulduziga chiqish eshigini ochib berdi
“Barselona” rahbariyati jamoada uzoq yillardan beri o‘ynab kelayotgan Jordi Alba kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi.
Klub xo‘jayinlari 33 yoshli himoyachi bilan xayrlashishga tayyor. Albaning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha imzolangan. Lekin rahbariyat kelishuvni muddatidan oldin bekor qiladi.
“Barselona”ga mehnati ko‘p singgan futbolchilardan Jerar Pike faoliyatini yakunladi. Tajribali yarim himoyachi Serxio Buskets ham o‘ziga yangi jamoa qidira boshladi. Endi navbat, Jordi Albaga kelgani aytilmoqda.
Bu futbolchi kataloniyaliklar safida 2012 yildan beri to‘p tepyapti. Joriy mavsumda u La Ligada o‘nta uchrashuvda qatnashib, bitta golli pas uzatdi.
Fikrlar