“Barsa” xo‘jayini jamoadan ketgan yulduzga qattiq javob qaytardi

  • 5 sentabr, 2024, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘tgan yili yozda erkin agent sifatida “Barselona”ga kelgan Ilkay Gyundog‘an Kataloniya klubida atigi bir mavsum to‘p tepdi.

Germaniyalik yarim himoyachi bu yoz klub bilan shartnomasini bekor qilib, “Manchester Siti”ga qaytib ketdi. Ilkay xayrlashuv maktubida agar uning ketishi klubning moliyaviy ahvoliga foyda keltirishini ta’kidlagan edi.

“Barselona” xo‘jayini Joan Laporta tajribali futbolchiga javob qaytardi.

- Bosh murabbiy Xans-Diter Flik bilan uchrashganidan keyin Gyundog‘an klubdagi vaziyatga baho berdi va ketishini aytdi. Bu qaror to‘liq sport nuqtai nazaridan qabul qilingan. Klubga kelgan Daniel Olmo ham maydonda Gyundog‘an bajargan ishlarni qiladi. Ilkayning ketishini moliyaviy ahvolga daxli yo‘q, - dedi Joan Laporta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
05/09/2024 22:17
Қетоғди ебсан, кария(