
“Barsa” superhimoyachi bilan muzokara boshladi
“Barselona” o‘ziga kerak bo‘lmay qolgan futbolchilarni sotib, ularning o‘rniga boshqalarini olishni istayapti.
Xususan, kataloniyaliklar oldindagi transferlar oynasida Kleman Langle va Samyuel Umtitidan qutilmoqchi. Bu o‘yinchilar o‘rniga Ronald Kuman “Yuventus”dagi hamyurti Matteys de Ligtni olib kelishni rejalashtirgan.
“Barselona” Umtiti va Langleni sotib yuborgan taqdirda ham bu summa niderlandiyalik himoyachini xarid qilish uchun etmaydi. Bu borada ular Matteysning yaqin do‘sti Frenki de Yong yordamidan foydalanishga umid qilmoqda.
Matteys de Ligtning shartnomasida uning badal summasi 150 million evro qilib belgilangan. Futbolchining agenti “Barselona”ga “Yuventus” rahbariyati bu summani sezilarli darajada arzonlatishga tayyor ekanini bildirdi.
Fikrlar