“Barsa”: Shu futbolchi uchun uch o‘yinchimizni beramiz!

  • 14 aprel, 2022, 12:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati “Arsenal” himoyachisi Gabriel Magalyaesaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Gabriel 2020 yili “Lill”dan 27 million funt evaziga transfer qilinganidan keyin “Arsenal”ning eng muhim o‘yinchisiga aylandi. Mikel Arteta jamoasi mudofaa qudrati aynan mana shu futbolchiga bog‘liq hisoblanadi.

24 yoshli braziliyalik himoyachi “Brayton”dan olingan Ben Uayt bilan ajoyib tandem hosil qildi va ularning xizmati tufayli “kanonirlar” Chempionlar ligasiga chiqish imkonini saqlab turibdi.

“Barselona” bu o‘yinchini olish orqali Xaviga kerak bo‘lmay qolgan Samyuel Umtiti va Kleman Langlening o‘rnini to‘ldirmoqchi.

Moliyaviy imkoniyati cheklangan kataloniyaliklar Gabriel uchun darvozabon Neto, yarim himoyachi Riki Puch va hujumchi Memfis Depayni shartnomaga qo‘shishga tayyorligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!