
“Barsa”: Seni ko‘rgani ko‘zimiz yo‘q!
“Barselona” rahbariyati jamoaning niderlandiyalik yarim himoyachisi Frenki de Yongning loqaydligidan jumbushga kelmoqda.
Klub mutasaddilari 27 yoshli futbolchi yangi shartnoma bo‘yicha bir necha oydan beri javob qaytarmayotgani va o‘yinini yaxshilashga harakat qilmayotganidan norozi bo‘lmoqda.
Sport.es saytining yozishicha, “Barselona” bunday munosabatdan keyin pleymeykerdan tezroq qutilish harakatiga tushib qolgan. Klub Frenkini 2025 yilning yozida arzon narxga bo‘lsa ham, sotib yuborishga qaror qildi.
Ta’kidlash joizki, Frenki de Yong nafaqat “Barselona”da, balki La Ligada eng eng katta maosh oladigan o‘yinchilardan hisoblanadi. Aynan mana shu omil klubga yangi o‘yinchilarni transfer qilish va ro‘yxatdan o‘tkazishga halaqit qilmoqda.
2019 yilda “Ayaks”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan futbolchi joriy mavsumda 13 ta uchrashuvda qatnashib, bittadan gol va assist qayd etdi xolos.
Fikrlar