
“Barsa” sardori Neymarning sirini ochib qo‘ydi
“Barselona”ga sardorlik qilayotgan tajribali himoyachi Serxi Roberto PSJ hujumchisi Neymar bilan o‘zaro suhbati haqida gapirib berdi.
- Men Neymar bilan gaplashdim. U “Barselona”ga qaytishdan xursand. Men ham uning yana klubimiz uchun o‘ynashini istayman.
Neymar – ajoyib futbolchi, noyob talant egasi. Uning kelishi bo‘yicha klub rahbariyati va bosh murabbiy ishlayapti, - dedi Serxi Roberto.
31 yoshli Neymar 2013-2017 yillar davomida “Barselona” sharafini himoya qilgan. Parij klubi braziliyalik forvard uchun kataloniyaliklarga 222 million evro to‘lagan. Bu summa hamon transfer rekordi sifatida turibdi.
Fikrlar