“Barsa” o‘zi tarbiyalagan yulduzdan voz kechib, “Real” tayyorlagan futbolchini oladi

  • 17 may, 2023, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati klub tarbiyalanuvchisi Ansu Fatidan qutilish yo‘llarini qidirmoqda. Bosh murabbiy Xavi Ernandes kelasi mavsum ham 20 yoshli futbolchiga bonlang‘ich tarkibdan joy kafolatlamadi.

Tecno

Klub xo‘jayini Joan Laporta Fatini boshqa futbolchiga almashtirish variantini ma’qullayapti. Kataloniyaliklar “Real” tarbiyalagan, lekin madridliklar safida o‘ynab keta olmagan Martin Edegorni ko‘zlayapti.

Ayni paytda norvegiyalik yarim himoyachi “Arsenal” sardori va etakchisi hisoblanadi. “Barselona” londonliklarga Fatini Edegorga alishtirishni taklif qilmoqchi. Bu haqda El Nacional nashri xabar tarqatdi.

Fati ikki marotaba og‘ir jarohat olganidan keyin avvalgi darajasiga ko‘tarila olmadi. Uning transfer summasi bir necha baravar arzonlab, bugungi kunda 35-40 million evroni  tashkil qilmoqda.

Edegor esa aksincha,  o‘yini ochilib ketgani bois, bugungi kunda 24 yoshli futbolchini olmoqchi bo‘layotgan klublar 80 million evro to‘lashi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
FC SURXON
18/05/2023 08:04
Arsenal indamasdan berib yuborar ekanmi Edegorni ?