“Barsa” mutasaddilari “Siti” futbolchisini olish harakatlarini boshladi

  • 26 fevral, 17:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” qanot hujumchisi Jeremi Doku yozgi transferlar davrida Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Tecno

“Barselona” belgiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallayapti.

Transfer News Live va El Nacional kabi manbalarda keltirilishicha, kataloniyaliklar 22 yoshli futbolchining agentlari bir necha marotaba uchrashuv o‘tkazib, o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

Jeremi Doku “Anderlext” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uni Frantsiyaning “Renn” jamoasi 2020 yili 26 million evroga transfer qilgan va uch yil o‘ynatganidan keyin “Manchester Siti”ga 60 million evro evaziga sotib yuborgan.

Kataloniyaliklar ham 2028 yilning yarmigacha amal qiladigan shartnomaga ega futbolchini olish uchun kamida sarflangan summa miqdorida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!