“Barsa” kutilmagan transferni uddalay olmadi

  • 5 sentabr, 2024, 10:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyalik golkiper Mark-Andre ter Shtegen uzoq yillardan beri “Barselona” darvozasini barqaror himoya qilib kelmoqda.

Tecno

Biroq klub sport direktori Deku yozgi transferlar davrida uning o‘rniga boshqa posbon olib kelishga harakat qilgani ma’lum bo‘ldi.

Deku birinchi raqamni “Manchester Yunayted”da o‘ynayotgan Andre Onanaga topshirmoqchi bo‘lgan. Biroq, klubda bu transferni amalga oshirish uchun etarli darajada mablag‘ topilmadi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.

Andre Onana manchesterliklar safiga qo‘shilganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Angliya grandi uni 2023 yili yozda transfer qilgan.

28 yoshli Onananing Angliya Premer-ligasidagi debyut mavsumi kutilgan darajada muvaffaqiyatli chiqqani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mahmud Ttww
05/09/2024 12:21
Шу Декудан бошқа тузукроқ спорт директори йўқми, битта ўзбекни қўй зўр ўйинчиларни саралаб олиб келади, даллолликда ўзбекни олдига тушадигани йўқ.