“Barsa” hujumchisi badavlat klub taklifini rad etdi

  • 13 iyul, 2022, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”dan ketishi kutilayotgan Memfis Depayga Angliya premer-ligasining eng badavlat klublaridan “Nyukasl” og‘iz soldi.

Tecno

Ushbu klubning saudiyalik xo‘jayinlari tarkibni yuqori  mavsadlar uchun kurashadigan darajaga keltirmoqchi va bu borada pul ayamaslikka qaror qilgan.

Niderlandiyalik hujumchiga yaxshi daromadli shartnoma berilgan bo‘lsa-da, u “qarg‘alar” safiga o‘tishga ko‘nmadi. Shunga qaramay, Depay yangi mavsum boshlangunga qadar o‘ziga boshqa klub topishi talab etiladi.

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi hujum chizig‘ida Ferran Torres va Per Emerik Obameyangdan foydalanishga qaror qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!