“Barsa” hujumchisiga yangi jamoa topib berdi

  • 24 avgust, 2022, 07:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” daniyalik hujumchi Martin Breytueytdan tezroq qutilishga harakat qilmoqda. 31 yoshli futbolchi esa Kataloniyadan ketishga shoshilmayapti.

Tecno

Shunga qaramay, klub mutasaddilari Martin uchun yangi ish joyi topib qo‘ydi. Ispaniya chempionati vakili “Malorka” tajribali o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Breytueyt Kataloniyaga 2020 yilning boshida kelgan.

“Barselona” uni og‘ir jarohat olib safdan chiqqan Luis Suares o‘rnini bosish uchun transfer qilgan edi.

O‘tgan vaqt mobaynida Breytueyt asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘la olmadi. Jami 57 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga o‘nta gol va beshta assist rasmiylantirdi. Uning amaldagi bitimi 2024 yilning yozida yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!