
"Baniyas" - "Nasaf" uchrashuviga oid muhim ma’lumot (foto)
Ertaga OChL pley-offida "Baniyas" va "Nasaf" guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.
Bugun “Baniyas” o‘yingohida ertangi bellashuv oldidan har ikkala jamoalar vakillari hamda OFK rasmiylari ishtirokida miting bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ertangi uchrashuvga oid tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi va har ikkala jamoaning qaysi liboslarda harakat qilishi ham kelishib olindi.
Kelishuvga ko‘ra "ajdarlar" qizil rangli liboslarda, maydon egalari esa ochiq ko‘k rangli liboslarda harakat qiladigan bo‘ldi.
“Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati
Fikrlar