
Balotellini Ruminiyaga chorlashmoqda
“Breshiya” klubi hujumchisi Mario Balotelli faoliyatini Ruminiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
29 yoshli italiyalik futbolchini mamlakatning amaldagi chempioni – “ChFR Kluj” klubi o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar bermoqda. Yuqoridagi manbaga ko‘ra, tomonlar ayni damda muzokaralarni davom ettirmoqda.
Ma’lumot uchun, Balotelli yakunlangan mavsum A Seriyada 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urishga erishdi. Uning transferi esa 5,5 mln evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Breshiya” klubi va Balotelli o‘rtasidagi mojaro hamon davom etmoqda.
Fikrlar