Bahodir Jalolov hamda Roy Jonsdan o‘ziga xos master-klass...(Video)

  • 27 avgust, 2021, 21:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun, 27 avgust kuni butun dunyo bo‘ylab xalqaro boks kuni nishonlanmoqda. Aslida, bu sana 22 iyulda nishonlar edi. 

Tecno

Ammo, AIBAning yangi qaroriga ko‘ra, 27 avgust endilikda Xalqaro boks kuni hisoblanadi. Mazkur sana AIBA tomonidan ham keng nishonlanmoqda. Jumladan, Serbiyaga bir qator boks yulduzlarini jamlab, o‘ziga xos master-klasslar, seminarlar tashkil qilinmoqda. 

Albatta, bu tadbirda O‘zbekiston boks federatsiyasidan ham delegatsiya ishtirok etmoqda. Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov ayni vaqtda Serbiyada bo‘lib turibdi.

Shuningdek, professional boks olamining yulduzi Roy Jons, yana bir Tokio Olimpiadasi chempioni rossiyalik Albert Batirgaziev ham mazkur tadbirda ishtirok etib, birgalikda mahorat darslarini o‘tab berishdi.

Quyida, ushbu master-klass jarayonidan videolavhani e’tiboringizga havola etamiz!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
30/08/2021 13:43
Боксчи киз ким экан-а?