
Azizbek Amonov "Istiqlol"ni tark etyapti
Bir qator mamlakatlarda legionerlarimiz to‘p surishyapti. Ulardan biri Eronda o‘ynayotgan Azizbek Amonov.
Bu yil 25 yoshli hujumkor futbolchi 2022 yilning 4 fevral sanasida “Lokomotiv”dan Eron pro ligasi qatnashchisi “Istiqlol”ga ko‘chib o‘tgandi.
Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raevning aniqlashicha, Eron chempionatida o‘ynayotganiga deyarli bir yil bo‘lgan hamyurtimiz “Istiqlol” klubini tark etmoqda va yurtimizga qaytish taraddudida. Bunga nima sabab ekani hozircha bizga qorong‘u.
Amonov “Istiqlol” safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Aytish kerakki, futbolchimiz Eronga o‘tgach, transfer narxi 550 ming evroga ko‘tarildi.
Tez orada futbolchimiz bilan suhbatni Sports.uz saytida o‘qishingiz mumkin.
Fikrlar