Azar endi kerak emas

  • 16 noyabr, 2021, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eden Azarning yana avvalgi darajaga chiqishiga hech kim ishonmayapti. “Chelsi” yulduzi “Rnal”ga o‘tgandan beri kutilgan o‘yinni  namoyish qila olmayapti.

Tecno

Madridliklarni Zinedin Zidan boshqarganda ham belgiyalik hujumkor futbolchiga katta ishonch bildirilgandi. Biroq, Karlo Anchelotti ham xuddi frantsiyalik hamkasbi singari Azarni yuqori saviyaga qaytara olmayapti.

Shu bois, “Qirollik klubi” uni sotib yuborishga tayyor. Avvalroq, “Chelsi” Azarni ortga qaytarmoqchi bo‘lgandi. Bosh murabbiy Tomas Tuxel bunga ko‘nmadi. Keyinroq, “Tottenxem” varianti chiqdi.

Yaqinda “Tottenxem”ni qabul qilib olgan Antonio Konte ham Azarni taklif qilish  g‘oyasini ma’qullamadi va uning o‘rniga Garet Beylni transfer qilish kerakligini aytmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!