
ATP. Jokovich navbatdagi g‘alabasiga erishdi
London shahri tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yilning yakuniy turniriga mezbonlik qilmoqda. Navbatdagi kun bellashuvlari ham qiziqarli bahslarga boy o‘tdi.
Musobaqaning 1-tartib raqam ostida saralangan tennischisi Novak Jokovich germaniyalik Aleksandr Zverev bilan o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oldi. Birinchi setni o‘z hisobiga oson yozdirib qo‘ygan Novak o‘yinni butunlay hal qilish uchun tay-brekka murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Yakuniy hisob: 6:3, 7:6(7:4).
Fikrlar