
"Atletiko"ning yana bir futbolchisi uzoq muddatga safdan chiqdi
“Atletiko”ning yana bir futbolchisi safdan chiqdi. Gap meksikalik yarim himoyachi Ektor Errera haqida ketmoqda.
“Matraschilar” rasmiy saytining xabar berishicha, Errera Meksika terma jamoasi safida chap oyog‘ini qayrib olgan. U taxminan bir oy maydonga tusholmasligi aytilmoqda.
Ayni damda madridliklarning ayrim etakchi futbolchilari, jumladan Diego Kosta va Yannik Ferreyra Karrasko ham lazaretda davolanmoqda. Urugvaylik hujumchi Luis Suares esa koronavirusga chalingani bois bo‘lajak o‘yinlarda jamoaga yordam berolmaydi.
“Atletiko” 8 turdan so‘ng La Liga musobaqa jadvalida kuchli uchlikda bormoqda.
Fikrlar