“Atletiko” va “Barsa”: Janjal qimmatga tushishi mumkin

  • 9 yanvar, 2023, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 16-turida grand klublar – “Atletiko” va “Barselona” o‘zaro to‘qnash keldi.

Tecno

Ashaddiy raqiblar bahsida kichik hisobdagi g‘alaba kataloniyaliklarga nasib qildi.

Uchrashuv yakunlanishi arafasida ko‘ngilsiz holat yuz berdi. Madridliklar himoyachisi Stefan Savich va mehmonlar yarim himoyachisi Ferran Torres to‘p uchun kurashda maydonga yiqildi va o‘zaro janjallashib qoldi.

O‘yinni boshqargan hakam har ikki o‘yinchini maydondan haydadi.

Endi maxsus komissiya ushbu holatni o‘rganib chiqadi. Agar mutaxassislar futbolchilar bir-biriga hujum uyushtirgan, degan xulosani bersa, aybdorlar 12 ta uchrashuvgacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!