"Atletiko" APLdan zo‘r himoyachi oladi

  • 22 dekabr, 2022, 00:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lester" himoyachisi Chaglar Syunju faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Relevo" nashri yozmoqda.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, turkiyalik futbolchini "Atletiko" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Tomonlar shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. U Madrid klubiga yozda erkin agent maqomida kelib qo‘shiladi. 

Qayd etilishicha, futbolchi shartnomaga yanvarda imzo chekadi. Mavsumni "tulkilar" safida yakunlab qo‘yadi. Joriy mavsum 26 yoshli himoyachi 6 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!