
"Ash-Shabab" bosh murabbiyi: "Nasaf"ga uchinchi golni urishimiz ham mumkin edi..."
Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Ash-Shabab" - "Nasaf" uchrashuvida saudiyaliklar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Bellashuvdan keyin Saudiya Arabistoni klubi bosh murabbiyi Visente Moreno matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu ajoyib g‘alabadan xursandmiz. Yigitlarni zo‘r harakat qilgani va vazifani uddalagani bilan tabriklayman.
Biz uchinchi golni urishimiz ham mumkin edi. Biroq shu hisobdagi g‘alaba ham etarli bo‘lgan ekan, bu holatni shikoyat qilishga arzimaydi, deb hisoblayman.
Bu bosqichga chiqishni istadik va "missiya"ni bajara oldik. Endi bizga kim raqib bo‘lishining ahamiyati yo‘q. Hozir qayg‘uradigan yagona narsam - futbolchilarimning tiklanishi.
Ayni damda final haqida gapirishga erta. Biz faqat keyingi o‘yin va tiklanish borasida bosh qotiryapmiz", - dedi mutaxassis.
Fikrlar