Arteta zaxiraga "mixlab" qo‘ygan futbolchiga PSJdan taklif kelib tushdi

  • 28 may, 2022, 08:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" vingeri Nikolya Pepe Frantsiya chempionatiga qaytishi mumkin. 

"Foot Mercato" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, PSJ "kanonirlar" futbolchisiga shartnoma taklif qilgan. 26 yoshli xavbek Arteta qo‘l ostida asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan va jamoasini almashtirish haqida o‘ylamoqda. 

Parijliklar Anxel Di Mariya o‘rnini bosa oladigan futbolchi transferi ustida ishlamoqda.

 Argentinalik yulduzning Parij klubi bilan shartnomasi yakuniga etdi va u erkin agent sifatida jamoani tark etadi. 

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" Pepe uchun "Lill"ga 80 million evro to‘lagan. Bu London klubining transfer rekordi hisoblanadi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!