
Arteta superklubni boshqarishdan bosh tortdi
“Arsenal”ni chempion qila olmagan bo‘lsa-da, Mikel Artetaga jiddiy taklif tushdi.
Ispaniyalik mutaxassisni PSJ rahbariyati Frantsiya chempionatiga chorlagan edi.
Parijliklar Kristof Galte o‘rniga boshqa mutaxassis qidirmoqda. Biroq, hali klub rahbariyati frantsiyalik murabbiyning iste’fosini e’lon qilgani yo‘q.
PSJ xo‘jayinlari Yulian Nagelsmann bilan muzokara o‘tkazib, hamkorlik borasida kelisha olmagan edi.
Mikel Arteta ham PSJga borishni istamadi. “Arsenal”ni eng kuchli klublar qatoriga qaytarishni uddalagan murabbiy ishini davom ettiradigan bo‘lyapti.
Fikrlar