
"Arsenal" va "Chelsi" Areolya uchun kurashda "Fulxem"ga mag‘lub bo‘ldi (FOTO)
PSJ darvozaboni Alfons Areolya yangi mavsumni "Fulxem"da o‘tkazadi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, jamoa Areolyani ijaraga berdi va London klubi darvozabonni sotib olish imkoniyatiga ham ega.
"Juda baxtliman. Skott Parker menga qo‘ng‘iroq qildi va men yoqimli tuyg‘ularni his qildim. Sababi, u haqiqatdan ham meni jamoada ko‘rishni istadi. Umid qilamanki, yangi mavsum biz uchun omadli kechadi. Biz kerakli natijaga erishishimiz uchun bor kuchimni ishga solaman va ushbu klub uchun barcha narsa qilishga tayyorman," - dedi Areolya "Fulxem" bilan shartnoma imzolaganidan keyin.
Frantsiyalik darvozabonga "Arsenal" va "Chelsi klublari ham qiziqish bildirayotgandi.
27 yoshli posbon o‘tgan mavsumni ijara asosida "Real"da o‘tkazdi va La Liga doirasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar