“Arsenal” terma jamoa hujumchisini chaqiryapti

  • 20 oktabr, 2023, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin faoliyatini “Arsenal”da davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.

Tecno

Todofichajes nashrining yozishicha,  “kanonirlar” hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida bosh qotiryapti. Optimal variantlardan biri sifatida “Everton” hujumchisi Dominiy Kalvert-Lyuin tanlangan.

Bu futbolchi “Everton”da 2016 yildan buyon to‘p tepyapti va endi top-klublar darajasida o‘ynashga qarshi emas.

“Arsenal” mutasaddilari bu futbolchini yozda transfer qilishni rejalashtiryapti. “Everton” bilan 2025 yilning 30 iyunigacha shartnomaga ega futbolchi 25 million evroga baholanyapti.

Dominik Angliya terma jamoasi safida 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!