
"Arsenal" sardori bilan yangi shartnoma imzolaydi
"Arsenal" yarim himoyachi Martin Edegor bilan kelishuvni uzaytirmoqchi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, londonliklar yaqin kunlarda futbolchi bilan muzokaralarni boshlaydi. Tomonlar uzoq muddatli yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Martinning "kanonirlar" bilan amaldagi bitimi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar