
"Arsenal" "Real" va "Lion" futbolchilari bilan kuchaymoqchi
Lodonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa rahbariyatidan ikki nafar yarim himoyachi sotib olishni so‘radi.
"Defensa Central" nashrining xabariga ko‘ra, Arteta "kanonirlar" safida "Lion" xavbeki Ussem Auar va "Real" futbolchisi Iskoni ko‘rmoqchi. Hozircha londonliklar rahbariyati Mikelning talablarini qondirishga tayyor yoki tayyor emasligi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" 13-turdan so‘ng turnir jadvalida 14 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar