
"Arsenal" Rays uchun rekord summa taklif qildi
"CBS Sports" xabariga ko‘ra, "Arsenal" Deklan Rays uchun kurashda kutilmagan ishtirokchiga aylandi. "Chelsi" va "Manchester Yunayted" avvalroq favorit hisoblangandi, ammo kuchlar muvozanati o‘zgarmoqda.
"Manchester Yunayted" Raysni Kazemiroga noqulay sherik bo‘ladi deb o‘ylaydi. "Chelsi" esa bu pozitsiyada allaqachon Entso Fernandesni tanlab bo‘lgan.
"Arsenal" katta ehtimol kelasi yili Chempionlar ligasida o‘ynaydi, Rays bu borada Arteta uchun ayni muddao bo‘lib turibdi. Klub angliyalik futbolchi uchun naq 100 million evro to‘lashga tayyor.
Fikrlar