
"Arsenal" o‘z safiga "Real" futbolchisini qo‘shib olmoqchi
"Arsenal" yangi mavsum oldidan o‘z safini kuchaytirishga harakat qilmoqda. Klubning maqsadi "Real" futbolchisi Martin Edegor.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, londonliklar norvegiyalik yarim himoyachini sotib olishga tayyor. Bu transferni shaxsan bosh murabbiy Mikel Arteta talab qilmoqda.
O‘z navbatida, "qirollik klubi" ham 22 yoshli futbolchini sotishga qarshi emas. Jamoa rahbariyati o‘z maqsadi Kilian Mbappe transferiga pul topish uchun sotishi mumkin bo‘lgan futbolchilar safida Martin bor. "Arsenal" o‘tgan mavsum ham Edegorni ijaraga olgan edi.
Bu vaqt oralig‘ida u 14 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol va 2 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar